LOYIHALAR

MARCH PAWS XR

MARCHPAWSXR dasturiy ta’minoti jang maydonida yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatish algoritmi hisoblanib, NATO davlatlari harbiy tibbiyoti standartlari (TCCC) asosida, milliy kontingentga yuqori urg‘u berilgan holda, ilg‘or jahon texnologiyalari integratsiyasida, real jang moydoni bilan uyg‘un shaklda ishlab chiqilgan.

To'liq ma'lumot

VR MEDICAL

"Virtual Atlas Anatomiya" - virtual reallikka asoslangan innovatsion elektron darsliklar majmuasi bo'lib, talaba- yoshlar hamda professor-o'qituvchilar odam anatomiyasi fanini virtual reallik qurilmalari orqali oson hamda sodda uslubda, interaktiv tarzda o'rganuvchi (o'rgatuvchi) dasturiy ta'minotdir.

To'liq ma'lumot

VR SURGERY

Bo‘lajak xirurg shifokorlar amaliyotda eng ko‘p bajariladigan 5 ta jarrohlikni amaliy bajarishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, hamshiralar jarrohlik jarayonida qilinadigan amaliyot va ishlar majmuini, shuningdek, bazaviy bilimlarni amaliy jihatdan o‘rganadilar.

To'liq ma'lumot

HAMSHIRALIK ISHI

Tibbiyot kasbiga kirish, hamshiralik ishi hamda davolash ishi fanlari uchun virtual simulyatsiyalar majmuasi bo‘lib, 50 dan ortiq amaliy ko‘nikmalarni nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganish imkonini beradi. Bajarilgan har bir amaliyot avtomatik tarzda 100 ballik tizimda analitik baholab boriladi va ma’lumotlar tahlili maxsus web sahifa orqali boshqariladi.

To'liq ma'lumot

BIRINCHI TEZ TIBBIY YORDAM

O‘rta, o‘rta-maxsus hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tegishli soha vakillari uchun birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmlarini interaktiv tarzda o‘rganishlari uchun ishlab chiqilgan simulyatsion amaliyotlar majmui hisoblanadi.

To'liq ma'lumot

TACTICAL DEFENSE

Harbiylar, zaxiradagi askarlar, harbiy oliy bilim yurti kursantlari, yoshlar va shu kabi boshqalarning jangovar taktik bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni jangga shay holatga tayyorlash va qayta tayyorlash, professional jangovarlik qobiliyatlarini yuksaltirish.

To'liq ma'lumot

Biz bilan bog'laning

Sizda boshqa loyihalarni ushbu dastur kabi tayyorlashga qiziqish bo‘lsa mazkur raqamlarga bog‘laning.

“Real” ilmiy ishlab chiqarish markaziga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir № MGU 59005 tartib raqamli Guvohnoma 27.05.2025 yil kuni berilgan.

Manzil

O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, A.R.Beruniy nomidagi MFY, Muhammad Rahimxon Feruz ko‘chasi, 826-uy.